
Yamal “Barsa”da yana qancha o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
“Barselona”ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamalning klub bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi.
Kataloniyaliklar klub tarbiyalanuvchisiga yangi shartnoma tayyorlab qo‘ydi. Bu bitim futbolchi 18 yoshga to‘lishi bilan imzolanishi kutilmoqda.
Lamin 13 iyul kuni 18 yoshga to‘ladi.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” Lamin Yamal bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarmigacha uzaytirmoqchi.
Futbolchining agenti Jorje Mendesh “Barselona” xo‘jayini Joan Laporta va sport direktori Deku bilan uchrashib, Lamin Yamal masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Lamin Yamal joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 16 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar