Gvardiola: "Men Husanovning jismoniy imkoniyatlarini yaxshi bilaman"

  • 15 sentabr, 00:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida qatnashib, Abduqodir Husanovning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Keyingi 11 oy davomida biz har uch kunda maydonga tushamiz. Men Husanovning jismoniy imkoniyatlarini yaxshi bilaman — u juda tezkor va o‘ng qanotni a’lo darajada yopib berdi. U ko‘p to‘p yo‘qotmadi, faqat ba’zida ortiqcha energiyasi sabab to‘g‘ri qaror qabul qilmay qoladi. Dorgu juda tezkor futbolchi, ammo Abduqodir unga qarshi ham juda ishonchli o‘yin ko‘rsatdi ”, - dedi mutaxassis

 O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisining "qizil iblislar"ga qarshi harakatlari "Sofascore" nashri tomonidan 7.4 ball bilan baholandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!