
Karlo Anchelotti: "Birozdan so‘ng faqat "Real"ni boshqarishim mumkin"
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z rejalari haqida gapirdi.
Futbolda "Real" murabbiyi bo‘lish dunyodagi eng qiyin ish hisoblanadi. Braziliya terma jamoasi ikkinchi o‘rinda tursa kerak?
"Yo‘q, yo‘q. Ikkalasi ham ajoyib kasb. "Real"ni uzoq vaqt boshqarish juda yuqori darajadagi tajriba edi. Jahon chempionatida Braziliyani boshqarish ham shunchalik muhim".
Anchelotti braziliyalik muxlislarning ilk kundanoq samimiy munosabatini his qilganini ta’kidladi:
"Aeroportda kutib olishgani, ko‘chada, plyajda qo‘llab-quvvatlashlari men uchun katta kuch berdi. Shu bois, Jahon chempionatida g‘alaba qozonishimizni juda umid qilaman".
Italiyalik murabbiy Braziliya terma jamoasiga ishga kelishini "emotsiya va muhabbat qaroridir" deya ta’rifladi. U 1970 yilgi Braziliya – Italiya finalini eslab o‘tdi, ammo o‘sha paytda Italiyani qo‘llab-quvvatlaganini qo‘shimcha qildi.
"Biroq endi Braziliya oilasining bir qismiga aylandim. Agar Braziliya Italiyaga qarshi o‘ynasa, bu juda qiyin bo‘ladi. Ammo g‘alaba qozonuvchi Braziliya bo‘lishini istayman", – dedi Anchelotti.
U shuningdek, o‘zining murabbiylik kelajagiga oydinlik kiritdi:
"Braziliyadan keyin boshqara oladigan yagona jamoa – "Real". Ammo bu sodir bo‘lishini o‘ylamayman. Hozir bir yillik shartnoma tuzganman, keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Balki yana ikki yilga qolarmiz, balki to‘rt yilga. Hatto keyingi Jahon chempionatigacha tayyorgarlik ko‘rishimiz mumkin".
Shu sabab, Karlo Anchelotti hozirgi kunda Braziliya terma jamoasida ishlashidan juda baxtli ekanini alohida qayd etdi.
Fikrlar