Boks. Jahon chempionati yakunlandi!

  • 15 sentabr, 12:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahri kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada ikkita terma jamoa bilan ishtirok etgan vakillarimiz, 6 ta oltin, 2 kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqdi. Umumjamoa hisobida ushbu natija bilan ikkinchi bo‘ldik. Erkaklar hisobida esa, 6 ta oltin olgan jamoamiz tengsiz bo‘lishdi.

Tecno

Oltin medal:

-60 kg. Abdumalik Xalokov
-65 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev 
-75 kg. Fazliddin Erkinboev
-80 kg. Javohir Ummataliev
-85 kg. Akmaljon Isroilov
-90 kg. To‘rabek Xabibullaev


Kumush medal:

-65 kg. Navbahor Hamidova 
+90 kg. Jahongir Zokirov 


Bronza medal:

-48 kg. Sabina Boboqulova
-51 kg. Feruza Kazakova
-70 kg. Aziza Zokirova

Bosh murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Elshod Rasulov.

Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners Tissert, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostanov, Lazizbek Zokirov, Botirjon Mahmudov, Sherzod Ahmadjonov, Fernandez Ximenez Barbaro, Islom Tadjibaev, Shahzoda Umarova.

Jamoa rahbari: Shohid Tillaboev
Jamoa Matbuot kotibi: Jaloliddin Yusupov.
Shifokor: Komiljon Rasulov

Musobaqada Bekjon Yusupov hakam sifatida faoliyat olib bordi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
15/09/2025 14:41
хатто аёллар хам жохондан яхширок харакат килишди
Baxil Alihuja
15/09/2025 14:39
Жохон ковун туширди, аёлларга ухшаб уришгани учун аёллар каторида турибди