Husanov Gvardiolani lol qoldirdi...

  • 15 sentabr, 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi to‘rtinchi turini “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi shahar derbisi yakunlab berdi. Hamshaharlarning yangi mavsumdagi birinchi to‘qnashuviga “Etihad” arena mezbonlik qildi.

Tecno

Bu bahs oldidan mezbonlarda jiddiy muammolar yuyuzaga kelgan edi. Jami 13 nafar futbolchi jarohat olgani bois, Xosep Gvardiola tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘zi kutgan darajada o‘tkaza olmadi.

Klub shifokorlari va fizioterapevtlari jarohatlanganlardan aksariyatini oyoqqa turg‘azishni uddaladi. Safga qaytganlar orasida Abduqodir Husanovning ham borligi o‘zbekistonlik ishqibozlarni xursand qildi.

21 yoshli himoyachimiz “Brayton”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda shikastlangani tufayli xalqaro tanaffus vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘ini va o‘yinlarida ishtirok eta olmadi.  Abduqodir asosiy e’tiborini daovlanishga qaratdi.

Xosep Gvardiola tarkib tanlash masalasida bor imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qildi va jamoasini “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsga yuqori darajada tayyorlay olganini ko‘rsatdi.

Derbi to‘liq “Siti” ustunligida o‘tdi. Uchrashuvda darvozani Janluiji Donnarumma qo‘riqladi. Yana yuqori darajada o‘ynay boshlagan Fil Foden hisobni ochdi. Jamoa to‘purari Erling Xoland dubl qayd etdi.

E’tiborli jihati Xlsep Gvardiola mag‘lubiyat bilan tugagan avvalgi ikki uchrashuvda pand bergan o‘ng qanot himoyasini bu gal Abduqodir Husanovga topshirdi. Legionerimizning harakatlari nafaqat futbol ekspertlari, balki Xosep Gvardiola e’tirofiga ham loyiq topildi.

Uchrashuvdan keyin ispaniyalik murabbiy uchrashuvga baho berib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan o‘yinchilar qatorida o‘zbek futbolchisining xizmatlarini ham tilga olib o‘tdi. Sports.uz portali Gvardiolaning fikrlarini muxlislar e’tiboriga havola etadi.

- Transferlar oynasi davrida yangiliklar ko‘p bo‘ldi va jamoaning o‘zagi o‘zgardi. Derbining ahamiyati qay darajada yuqori ekanini juda yaxshi bilaman va odamlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlash men uchun katta sharaf. Bu uchrashuvda hamma bir tizimda birlashib o‘ynadi. Xuddi o‘tgan mavsumdagidek, bu gal ham turli muammolarga duch kelyapmiz. Biroq bugun shogirdlarimning jangovar ruhini ko‘rdim.

Erling Xoland klubga kelganidan buyon ajoyib natijalar qayd etib kelmoqda. Ammo u bu mavsum avvalgilariga qaraganda yanada yaxshiroq ko‘rinyapti. Hatto, treblga erishgan davrimizdagidan-da yaxshi o‘ynayapti. Dinamikasi zo‘r. Biz Xoland yanada ko‘proq gollar urib, jamoaga yordam berishini istaymiz.

Fil Foden bizga etishmayotgan edi. Bu juda kerakli futbolchi. Fil – jamoa yadrosi, klub yuragi, akademiya tarbiyalanuvchisi va “Siti”ni sevadi. Uning safga qaytgani barimizning yutug‘imizdir.

Oldindagi 11 oy davomida biz har uch kunda bir o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi. O‘ziga xos jismoniy tayyorgarliksiz biror futbolchi bunaqa yuklamani ko‘tara olmaydi. Men Husanov ajoyib jismoniy tayyorgarligi evaziga tezkorlik namoyish qildi va o‘z qanotini mustahkam yopdi.

Abduqodir to‘pni deyarli yo‘qotgani yo‘q. Ayrim vaziyatlarda energiyasi oshib ketganidan qaror qabul qilishda biroz shoshib qolyapti. Husanov derbida zo‘r o‘ynadi. U “Siti”ga o‘yin tempini nazorat qilish, raqib hujumini barbod qilish, jamoaning tezkor hujum uyushtirishi va bundan Xoland hamda Foden foydalanishiga katta yordam berdi, - dedi Xosep Gvardiola.

Endi “Manchester Siti” futbolchilari 18 sentyabr kuni Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida Italiya chempioni “Napoli”ni qabul qiladi.

Shomurodov qaysi mashhur klublarga gol urgan?

“Manchester Yunayted” yulduzlarini o‘tkazmagan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Gol urgan Shomurodov haqida ustozi nima dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!