Xoland "Manchester derbi"sida eng zo‘r o‘ynagan futbolchini aytdi

  • 15 sentabr, 18:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland "shaharliklar" darvozaboni Janluiji Donnarumma o‘tgan Manchester derbisining eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini aytdi. "Siti" 14 sentyabr, yakshanba kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Xoland bu o‘yinda dubl qayd etdi.

Tecno

"Donnarummani unutmang! U bugun tengsiz bo‘ldi! Ehtimol, men unga o‘yinning eng yaxshi futbolchisi mukofotini topshirgan bo‘lardim. U ajoyib o‘yin ko‘rsatdi", - deya Xolandning so‘zlarini keltiradi taniqli insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida.

Donnarumma yozda "Manchester Siti"ga o‘tgandi. Avvalroq, italiyalik darvozabon PSJ va "Milan" klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!