
"Surxon" rossiyalik legionerining ketganini e’lon qildi
"Surxon" klubi yana bir futbolchisi bilan xayrlashdi.
Rossiyalik yarim himoyachi Dmitriy Pletnyov bir yarim mavsum davomida “Surxon” safida harakat qilgan va ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra jamoani tark etdi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
"Hamkorlik davrida Pletnyov “Surxon” tarkibida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, “gol+pas” tizimi bo‘yicha 6 (2+4) ochko jamg‘ardi. Klubimiz Dmitriyga maydondagi fidoyiligi va professionalligi uchun minnatdorchilik bildiradi hamda keyingi faoliyatida omad tilaydi", - deyiladi rasmiy xabarda.
Undan avval esa Sunnatilla Hamidjonov "Surxon"ni tark etib, rasman "Andijon" a’zosiga aylandi.
Fikrlar