Superklub “Real” yulduzini oladi

  • 27 avgust, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarkibida bir necha mavsumdan beri o‘z o‘rnini topa olmayotgan Daniel Sebalos faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 29 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga Liga 1 superklubi “Marsel” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Marselliklar ispan futbolchisi yordamida maydon markazini kuchaytirishni mo‘ljallagan.  Manbaga ko‘ra, tomonlarning dastlabki muzokaralari ijobiy o‘tgan. Shunga qaramay, ekspertlar bu transfer oson bo‘lmasligini ta’kidlayapti.

Chunki “Marsel” Sebalosni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi. “Real” esa, 2017 yildan beri jamoa a’zosi hisoblangan o‘yinchini to‘liq transfer qilishni so‘rayapti.

Asli “Betis” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Daniel Sebalosning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!