O‘zbekistondek mundialga chiqish uchun futboldan begona odamlarni yo‘qotish kerak!

  • 7 iyun, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo saralash turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qilgani futbol jamoatchiligi tomonidan hamon muhokama qilinmoqda.

Tecno

Sports.uz portali terma jamoamiz  va futbolchilarimiz haqidagi yangi munosabatlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishda davom etadi.

Kirill Breydo, TsSKA klubi kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori:

- Tabiiyki, TsSKA Abbosbek Fayzullaev va O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlarini muntazam tarzda diqqat bilan kuzatib keldi.

Biz Abbos uchun juda xursandmiz va klubimiz futbolchisi muhim rol o‘ynagan muvaffaqiyatli natija bilan uni tabriklaymiz.

Abbos juda katta yo‘lni bosib o‘tdi.  U Olimpiya terma jamoasi uchrashuvlarida ham, bevosita mamlakatining bosh jamoasi o‘yinlarida ham ishtirok etdi.

Biz Fayzullaev bilan faxrlanamiz, Abbosni va uning jamoasini yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz.

Samat Smakov, Qozog‘iston terma jamoasi sobiq futbolchisi, “Jetisu” jamoasi bosh murabbiyi:

O‘zbek birodarlar, ofarin! Qutlug‘ bo‘lsin! Bundan baxt uchun eng avvalo, bolalar futboli, infratuzilma va hakamlar korpusiga e’tibor berish, u erlarda futbolga begona odamlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Mana shu – muvaffaqiyat garovi bo‘ladi! Birodarlar tabriklayman.

Dmitriy An, Abbosbek Fayzullaevning birinchi murabbiyi:

O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga chiqqani – tarixiy voqea. Butun mamlakat terma jamoaning mundialga chiqqanidan xursand va faxrlanmoqda. Buni ko‘rish juda yoqimli.

Har bir terma jamoaning o‘z vazifasi bor. Bu keyingi bosqichga chiqish. Endi O‘zbekiston jahon chempionatida o‘z guruhidan chiqishiga umid qilamiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oxirgi 26 ta uchrashuvdan 25 tasida ijobiy natida qayd etgani va bir bor mag‘lubiyatga uchraganini alohida ta’kidlash lozim. Futbolchilarimiz muddatidan oldin mundialga yo‘llanmani naqd qildi.

Shunday bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik ishqibozlar qahramonlarimizdan 10 iyun kuni Qatar milliy terma jamoasiga qarshi  Toshkentda o‘tkaziladigan saralash bosqichining oxirgi uchrashuvida ham faqat g‘alaba kutmoqda.

Rossiya jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekistonga “vyzov” tashladi!

Kimlar o‘ynayapti? O‘zbekiston futbolchilariga e’tibor bering!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
07/06/2025 18:13
Козогистон шу каби жамоалар билан уртокликда уйнаб курса,билиб олади узини кандай кучга эгалигини.
&
Адхамжон Низомов
07/06/2025 18:11
Факат козок мтж мураббийи Али Алиев чидолмаяпти.Яна УЕФА томонларга олиб кочяпти ОФК футболини паст курсатиб.Билмасэканда Осие футболи жадал ривожланиб кетаётганин.Иордания,Индонезия,Лекин табриклапти.