Olmo Flikni “ogohlantirdi”

  • 18 avgust, 08:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum Bundesligadan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan iste’dodli o‘yinchi Dani Olmo qisqa fursatda Xans-Diter Flikka kerak bo‘lmay qoldi.

Tecno

Shundan kelib chiqib, ispaniyalik futbolchi bosh murabbiyga murojaat qildi va jamoada ikkinchi darajali rollarga rozi bo‘lmasligini uqtirdi.

El Nacional nashrining yozishicha, Dani Olmo Flik jamoasida zarurat bo‘lganda foydalanadigan futbolchi maqomiga o‘tib qolishiga qarshi ekanini ochiqchasiga namoyon qilmoqda. Asosiy tarkibga kirish uchun raqobat o‘ta katta ekaniga qaramay, yarim himoyachi asosiy firugalardan biri bo‘lishni istayapti.

Ispaniya chempionatining birinchi turi futbolchining talablari Flikka ta’sir qilmaganini ko‘rsatdi. Germaniyalik murabbiy Olmoni “Malorka” bilan safarda bo‘lgan uchrashuvda boshlang‘ich tarkibga kiritmadi va tanaffusda zaxiradan maydonga tushirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!