
OFK ayollar chempionlar ligasiga chaqiruv turniri uchun qur’a tashlandi. “Nasaf” saralash bosqichi “B” guruhidan o‘rin oldi!
OFK ayollar chempionlar ligasiga chaqiruv turniri uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur turnirda yurtimiz sharafini O‘zbekiston chempioni, kubogi va Superkubogi sohibi Qarshining “Nasaf” klubi himoya qiladi.
OFK ayollar chempionlar ligasiga chaqiruv turniri uchun qur’a tashlash marosimi yakunlariga ko‘ra, Qarshining “Nasaf” klubi saralash bosqichi “B” guruhidan o‘rin oldi. Unda vakilalarimiz Avstraliyaning "Sidney", Janubiy Koreyaning "Red Angels" va Eronning "Bam Xatun" klublari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar