"Navbahor" braziliyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 11 yanvar, 13:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganning "Navbahor" jamoasi navbatdagi transferni e’lon qildi. "Lochinlar" Gilerme Gedeshni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Tecno

"Braziliyalik himoyachi Gilerme Gedesh “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. Gilerme Gedesh 1999 yil,18 may kuni Braziliyaning Portu-Alegri shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Braziliyaning “Ponte Preta” (Kampinas), “Gremio” (Pelotas), “Shapekoensa” (Shapeko), “Juventude” (Kashias-du-Sul), “Ipiranga” (Ereshin) jamoalarida to‘p tepgan.

O‘tgan mavsumda esa Braziliyaning “Amerika-RN” (Natal) jamoasida o‘ynagan. Gilerme Gedesh  Braziliya –U-20 ham to‘p tepgan. Umid qilamizki, braziliyalik himoyachi o‘zining chiroyli o‘yinlari bilan jamoamizning muvaffaqiyatlariga munosib hissasini qo‘shadi", - deya xabar berdi "lochinlar" klubi matbuoti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!