
MYu himoyachisi terma jamoada jarohat olib, safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot mushaklardagi noqulaylik sababli Portugaliya terma jamoasi tarkibidan chiqarildi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uning o‘rniga "Latsio" futbolchisi Nunu Tavaresh terma jamoaga chaqirildi.
Eslatib o‘tamiz, 6 sentyabr kuni Portugaliya jamoasi JCh–2026 saralash bahsida safarda Armanistonga qarshi maydonga tushadi.
"Manchester Yunayted" esa Manchester derbisida ishtirok etadi. Dalotning qachon safga qaytishi hali hamon noma’lum
Fikrlar