
"Manchester Yunayted" sobiq yulduzi jarimaga tortildi
"Manchester Yunayted" sobiq xujumchisi Xaver Ernandes Chicharito ayollar xaqida aytgan gaplari uchun jazolanadigan bo‘ldi.
"Chicharito yaqinda ijtimoiy tarmoqda erkaklar va ayollar munosabatlari to‘g‘risida bir nechta video joylashtirgan edi. Videolarda, zo‘ravonlikni bir turi sifatida qaraladigan va sport gender tengligi tamoyillariga zid bo‘lgan jinsiy stereotiplar targ‘ib qilingan. Shu sababdan, gender va xilma-xillik bo‘yicha komissiya bunday xarakatlarni oldini olish maqsadidi tekshiruv boshladi.
Meksikalik futbolchi rasmiy ogoxlantirish va moddiy jarimaga tortildi. Agar bu xolat yana takrorlansa, unga nisbatan qattiqroq chora ko‘rilishi xaqida xam ogoxlantirildi", - deya xabar berdi Meksika futbol federatsiyasi.
Fikrlar