“Manchester Siti” katta summali taklif oldi

  • 22 avgust, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning braziliyalik hujumkor futbolchisi Savio faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubi – “Tottenxem”da davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tecno

Globo nashrining ma’lum qilishicha, “Tottenxem” 21 yoshli o‘yinchini olish uchun ikkinchi urinishni amalga oshirishga tayyor.

Avvalroq, “shaharliklar” Savio bo‘yicha 57 million evrolik taklifni qabul qilmagan edi. Manbaga ko‘ra, londonliklar nishondagi futbolchini olish uchun manchesterliklarga beriladigan summani 80 million evrogacha ko‘tarishga qaror qilgan.

Manchesterliklar bilan yana to‘rt yillik shartnomaga ega Savioning o‘zi “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Bu o‘yinchi o‘tgan mavsum 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 13 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!