
"Liverpul" qimmatga olib qo‘ygan futbolchisidan qutulmoqchi
"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes klub xohlagan natijani bera olmadi. TodoFichajes portalining xabar berishicha, shu sababli urugvaylik futbolchi 2025 yilda mersisayd klubini tark etishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Nunes "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh uchun o‘rin bo‘shatishi mumkin, klub rahbariyati shvetsiyalik bombardirni "Enfild"ga olib kelmoqchi.
Darvin Nunesning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtasigacha amal qiladi. Transfermarktning ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining bozor qiymati 65 million evroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, APL grandi 2022 yilda Nunes uchun "Benfika"ga 85 million evro to‘lagan edi.
Fikrlar