KO‘JCh. "Real" so‘nggi turda qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi

  • 27 iyun, 08:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati "H" guruhining 3-turida "Real Madrid" "Red Bull Zaltsburg" bilan to‘qnash kelib, yirik 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Dastlab uchrashuvning 40-daqiqasida Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalari yakunlanayotgan paytda Juniorning uzatmasidan Valmverde unumli foydalanib, oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida esa Gonsalo Garsiya ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, hisobni yiriklashtirdi. 
 
Mazkur to‘qnashuvdagi barcha gollar videosi! 
 
Ushbu g‘alaba orqali madridliklar guruhni peshqadam holda, yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Pley-offda esa Turinning "Yuventus" klubi bilan kuch sinashadi.

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!