Isak "Liverpul"ga o‘tgach, "Nyukasl"ga minnatdorchilik bildirdi

  • 3 sentabr, 02:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Aleksander Isak "Liverpul"ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng sobiq jamoasi "Nyukasl"ga samimiy minnatdorchilik izhor qildi.

Tecno

"Jamoadoshlarimga, murabbiylar shtabiga va avvalo, "Nyukasl" shahri hamda barcha ajoyib muxlislarga o‘tgan uch yil davomidagi unutilmas daqiqalar uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Biz birgalikda tarix yozdik va klubni haqiqatdan ham bo‘lishi kerak bo‘lgan darajaga olib chiqdik. Chempionlar Ligasiga qaytishdan tortib, 70 yildan oshiq vaqt ichidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritishga qadar bo‘lgan yo‘lning bir qismi bo‘lish men uchun sharaf bo‘ldi.

Cheksiz minnatdorman. Rahmat senga, "Nyukasl", — deb yozdi Isak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!