
Here We Go. Luis Dias - "Bavariya" futbolchisi!
Yaqin kunlarda Luis Diasning "Bavariya" safiga o‘tishi rasman e’lon qilinadi. Taniqli transfer insayderi Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 28 yoshli hujumchi uchun "Bavariya" 75 million evro (bonuslar bilan birga) to‘lashga tayyor.
Hozirda "Bavariya" va "Liverpul" klublari bonuslar borasida muzokara olib bormoqda. Barcha shartlar kelishilgandan so‘ng Dias tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Jurnalistning ta’kidlashicha, kolumbiyalik vinger amaldagi Bundesliga chempionlari bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Eslatib o‘tamiz, Dias mersesaydliklar safida umumiy 3,5 mavsum davomida 148 o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 23 ta assist qayd etdi.
Fikrlar