Gexining "Liverpul"ga transferi amalga oshmay qolishi mumkin

  • 1 sentabr, 22:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq "Liverpul" "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi transferi borasida kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Tecno

Biroq, "The Athletic" tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, kelishuv amalga oshmay qolishi ehtimoli bor. Gexi tibbiy ko‘rikning bir qismini o‘tganiga qaramay, klubda o‘yinchiga munosib o‘rinbosar topish muammosi kelib chiqqan.

"Brayton"dan Igor Julio transferi so‘nggi daqiqada bekor qilindi. Shuningdek, "Tuluza" futbolchisi Jeyde Kanvo bilan ham kelishuv mavjud, ammo u hali rasmiylashtirilmagan.

Yakuniy qaror himoyachi va "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner bilan kechadigan muzokaralardan keyin e’lon qilinadi. Glasner esa o‘rinbosar topilmasdan Gexining ketishiga mutlaqo qarshi ekani qayd etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!