
"Chelsi" "Arsenal" bilan futbolchi almashmoqchi. Lekin "to‘pchilar" buni rad etmoqda (transfer haqida batafsil ma’lumot)
"Arsenal" yozgi transferlar vaqtida "Chelsi" futbolchisi Noni Madueke uchun 50 million funtdan ortiq taklif berishi mumkin. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, londonliklar 23 yoshli vingerni jamoaga olib kelish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirga. Shuningdek, muzokaralar davomida "Chelsi" "Arsenal"ning 18 yoshli iqtidorli futbolchisi Itan Nvaneriga ham qiziqish bildirgan. Nvanerining shartnomasi yana bir yil amal qiladi va u klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Boshqa nashrlarning xabariga ko‘ra, "kanonirlar" o‘z futbolchisini har qanday taklifga ham qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgan. Unga Germaniya klublari ham qiziqmoqda.
"Aristokratlar" 2023 yilda Maduekeni PSVdan 30 million funtga sotib olgan va endi undan katta daromad ko‘rishni maqsad qilmoqda.
Bu orada "Chelsi" "Borussiya Dortmund"dan Angliya yoshlar terma jamoasi a’zosi Jeymi Gittensni 48,5 million funt + 3,5 million bonus evaziga sotib olganini e’lon qildi.
Klub bosh murabbiyi Entso Mareska Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi "Palmeyras"ga qarshi o‘yindan so‘ng Madueke haqida shunday dedi:
"Noni bu mavsum biz uchun juda muhim bo‘ldi. Lekin mening futbolchilarga va klubga aytmoqchi bo‘lgan xabarim shunday: bizda o‘zini baxtli his qilmaydigan futbolchilar uchun eshik ochiq. Bu faqat Noniga emas, barchaga taalluqli" – deya ta’rif berib o‘tdi londonliklar mutaxassisi.
Fikrlar