
Cheferin: "Italiyadagi stadionlar holati — sharmandalik"
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Italiyadagi futbol infratuzilmasi haqida keskin fikr bildirdi.
– Yaqinda "San-Siro" stadioni Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilishdan mahrum bo‘ldi. Milanda yangi stadion qurilishi yuzasidan bahslar davom etyapti. Bu haqda nima deysiz?
– Menimcha, Italiya futboli infratuzilmasi — sharmandalik. Sizlar jahonning eng kuchli futbol mamlakatlaridan birisiz, jahon chempionatlari, Evropa chempionatlari, Chempionlar ligasini yutgansizlar. Biroq, yirik davlatlar orasida aynan sizning infratuzilmangiz eng yomon holda.
Rostini aytsam, Italiyada infratuzilma haqidagi munozaralardan charchadim. Biz faqat gaplargina eshityapmiz, amalda esa hech narsa yo‘q.
Italiyadan amaldagi ishlar kutaman. Klublarga hukumat, mahalliy hokimliklar va xususiy investorlar yordami kerak. Vaqt keldi — vaziyat juda yomon, – dedi Cheferin.
Fikrlar