
"Barselona" hujumchisi Portugaliya chempionatiga yo‘l oladi
"Barselona" futbolchisi Pau Viktor jamoani tark etib, Portugaliya chempionatiga yo‘l oladi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, transfer qiymati 12 million evroni tashkil qiladi. Yana 3 millionni "Braga" bonus sifatida to‘lashi mumkin.
Futbolchining klub ro‘yxatini o‘zgartirish istagi may oyi boshida ma’lum bo‘lgan edi. Pau Viktor ko‘proq maydonga tushishni xohlaydi, Markus Reshfordning transferi esa Viktorni tarkibda ko‘rinish berish uchun minimal imkoniyatdan ham mahrum qilishi mumkin.
O‘tgan mavsumda 23 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib (har bir o‘yinda o‘rtacha 13 daqiqa), 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar