
“Barsa” zo‘rg‘a olgan yulduz Kataloniyani tezroq tark etmoqchi
“Barselona” 2024 yilning yozida Dani Olmoni olish uchun 55 million evro xarajat qilgani klub rahbariyati o‘zining sobiq tarbiyalanuvchisiga qanchalar yuqori darajada ishonch bildirganini ko‘rsatadi.
Mohir yarim himoyachi ham “Barsa”da etakchi bo‘lish darajasiga etganini his qilgan edi. Olmo debyut mavsumida o‘zini ko‘rsata oldi.
Ammo yangi chempionat boshidayoq vaziyat o‘zgardi. Olmo yozgi ta’tildan keyin hali yuqori sport formasini tiklab olgani yo‘q va bu esa, uni asosiy tarkibdan sekin-asta uzoqlashtirmoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Dani Olmoning keyingi manzili Angliya bo‘lishi mumkin. Premer-liganing bir necha klublari ispan pleymeykerini bir necha oydan beri kuzatib kelayotgani oshkor bo‘ldi.
2026 yildagi yozgi transferlar Olmoning faoliyatida muhim burilish yasashi mumkin. “Barselona” o‘zining moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, har qanday qimmatbaho o‘yinchini yaxshi narxga sotib yuborishga tayyor.
Fikrlar