
Bahodir Jalolov AQShda jang qiladi, biroq...
Taniqli bokschi, hamyurtimiz Bahodir Jalolovning keyingi jangi haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi.
"Boxrec" portalining xabar berishicha, "Katta O‘zbek" 10 avgust kuni AQShning Pomona shahrida bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomida ishtirok etadi. Biroq vakilimizning raqibi hozircha ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Jalolov 27 iyul kuni italiyalik Janmarko Kardiloga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi, ammo ushbu bahs raqibning sog‘lig‘idagi muammolar sabab o‘tkazilmadi.
Fikrlar