"Aston Villa" MYu sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 1 sentabr, 18:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birmingemning "Aston Villa" klubi o‘zining rasmiy saytida "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Viktor Lindelyof bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Tecno

Lindelyof 2017 yildan 2025 yilning yozigacha "qizil iblislar" safida o‘ynagan. Bu vaqt ichida shved barcha turnirlarda 284 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va ettita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 8 mln evroni tashkil etadi.

Shvetsiya terma jamoasi safida futbolchi 71 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Shuningdek, himoyachi Portugaliyaning "Benfika" jamoasida ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!