Antoni faoliyatini yana Ispaniyada davom ettiradi

  • 26 avgust, 17:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolbolchisi Antoni Ispaniyaning "Real Betis" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, braziliyalik hujumchini ispan klubi 2026 yilning yozigacha sotib olish majburiyati bilan ijaraga oladi. Futbolchi o‘tgan mavsumni ham "Betis" tarkibida o‘tkazgan va o‘z hisobiga 26 ta o‘yinda 9 ta gol, 5 ta asisistni yozdirib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, "qizil iblislar" vingerni "Ayaks"dan 95 million evroga sotib olgan edi. Ayni paytda uning “Transfermarkt” portalidagi narxi 35 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!