Albert Batirgaziev navbatdagi jangini o‘tkazdi

  • 3 aprel, 2022, 11:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kecha Moskvada USC arenasida o‘ziga xos professional boks kechasi tashkil etildi.  

Tecno

Mazkur jang kechasining eng qiziqarli jangi Olimpiada chempioni rossiyalik Albert Batyrgaziev hamda Ozarbayjon vaeili Xaybatulla Xajialiev o‘rtasida kechdi.  

To‘liq 10-raund davom etgan bahsda Batyrgaziev 100:90, 99-91, 99:91 hisobida g‘alaba qozondi.

Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu jang engil vazn (61,2 kg) toifasida EBP chempionlik kamari uchun edi. Shu tariqa Batyrgaziev professional faoliyatidagi 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!