
"Yuventus" PSJ hujumchisi bilan kelisha olmasa, Jekson nomzodini ko‘rib chiqadi
"Yuventus" Randal Kolo-Muani bilan kelishuv amalga oshmagan taqdirda, Nikolas Jekson nomzodini ko‘rib chiqadi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Frantsiyalik hujumchi bo‘yicha PSJ bilan muzokaralar davom etmoqda, ammo yakuniy kelishuvga hali erishilmagan. Shu bois, yozda hujumchini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan klub hozirda muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Agar bitim tuzilmasa, "Yuventus" "Chelsi"dan Nikolas Jeksonni o‘z safiga qo‘shib olishni afzal ko‘radi.
London klubi bilan aloqalar allaqachon o‘rnatilgan va italiyaliklar Jeksonga asosiy da’vogar "Bavariya" bo‘lishiga qaramay, ishni oldinga siljitishga urinmoqda.
Fikrlar