
Vinisius Junior unga ilhom bergan sportchilarni sanab o‘tdi
"Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior o‘zining ilhom manbalari haqida gapirdi:
"Krishtianu Ronaldu meni o‘zining ajoyib mehnati va ishiga bo‘lgan sadoqati bilan ilhomlantirdi. U hech qachon eng yaxshi bo‘lishga intilishdan to‘xtamaydi. Lebron Jeyms ham xuddi shunday ilhom berdi, ammo u yana o‘z jamoasi uchun qilgan ishlari bilan ham ajralib turadi – u buyuklik faqat sportdagi chiqishlar bilan cheklanmasligini namoyon etdi.
Albatta, Ronaldo, Ronaldino va Neymar kabi braziliyalik afsonaviy futbolchilar ham bor. Ular braziliyaliklar va butun mamlakatimiz futboli uchun katta ahamiyatga ega. Ular dunyoga futboldagi iste’dod va xursandchilikni namoyish etishdi" – dedi Vinisius.
Fikrlar