
Vinisius Gabriel Jezusni tabrikladi (FOTO)
Vinisius "Lids Yunayted"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezusni tabrikladi.
Shanba kuni "kanonirlar" o‘z maydonida "Lids"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Jezus tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng dastlab asosiy tarkibda maydonga tushdi va ikkita golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Braziliyalik hujumchi jahon chempionati vaqtida jarohat olgan va jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘lgandi. U o‘tgan oy safga qaytgandi.
Kecha "Lids"ga qarshi o‘yindan so‘ng Jezus ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qildi:
- “Bugun shunday kunni yashaganimdan juda xursandman. Mashaqqatli mehnat va reabilitatsiyadan so‘ng men yana shu erdaman. Olg‘a, to‘pchilar.”
Vini o‘z hamyurtinining postiga oq rangli yurakchalar izoh qoldirdi.
Fikrlar