
Sport kurashlari. Polvonlarimiz Bishkekdagi reyting turnirini beshta medal bilan boshlashdi
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha reyting seriyasiga kiruvchi xalqaro musobaqa start oldi. Turnirni yunon-rum kurashi ustalari boshlab berdi. Birinchi kun doirasida gilamga chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Hamyurtlarimizdan Islomjon Bahromov (-60 kg) hamda Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Batafsil:
Oltin medal:
-60 kg: Islomjon Bahromov
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
Kumush medal:
-55 kg: Ixtiyor Botirov
-63 kg: Shermuhammad Sharibjanov
Bronza medal:
-67 kg: Abror Ataboev
Manba: MOQ
Fikrlar