Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov Turkiyada 2 ta medal qo‘lga kiritdi

  • 28 avgust, 2022, 17:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat musobaqasida munosib ishtirok etdi.

Tecno

Turkiya superligasi musobaqasida shaxmatchilar jamoalarga bo‘lingan holda 13 raund o‘zaro bahs olib bordi. Abdusattorov “Turk havo yo‘llari” sport klubi tarkibida dona surdi va hamyurtimizning jamoasi superliga yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Nodirbek liga yakunida 9 ochko jamg‘arib ikkinchi doskada shaxsiy natija bo‘yicha oltin medal sohibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!