
Serena Uilyams Nyu-Yorkda qiynalmoqda
AQShning Nyu-York shahrida "Premera" turkumiga kiruvchi "Western & Southern Open" turnirining ikkinchi bosqichi keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘lmoqda.
Ushbu bosqichda Serena Uilyams gollandiyalik Aranta Rusni qariyb uch soatda 7:6, 3:6, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, musobaqaning uchinchi davrasiga chiqqan S.Uilyams endi gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar