
Sambo: Osiyo va Okeaniya chempionatida faxriylarimizdan 14 ta medal!
Astana shahrida sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati start oldi. Musobaqaning dastlabki kunida ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar, shuningdek faxriylar o‘rtasidagi bahslar tashkil etildi. Avvalroq, ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar terma jamoamiz a’zolari 5 ta medalga sazovor bo‘lganliklari haqida xabar qilgandik. Faxriylarimiz esa kun davomida 14 ta medalga ega chiqishdi. Terma jamoamiz safida sovrindor bo‘lgan faxriylarimiz ro‘yxati bilan tanishing:
(50-54 yosh)
-71 kg: Obid Holiqov (oltin)
-88 kg: Sadriddin Karimov (bronza)
+98 kg: Davletmurad Kalxorazov (bronza)
(55-59 yosh)
-71 kg: To‘ra Avloqulov (oltin)
-79 kg: Azamat Yusupov (kumush)
-88 kg: Bahriddin Yormatov (bronza)
(60-64 yosh)
-79 kg: Sansizbay Yusupov (bronza)
-88 kg: Jumabek Nurimbetov (kumush)
-98 kg: O‘rol Elamanov (oltin)
-98 kg: Maxsetbay Allanov (bronza)
(+65 yosh)
-64 kg: Javhar Jabborov (bronza)
-71 kg: Sunnat Ortiqov (bronza)
-71 kg: Xudoybergan Navrizbaev (bronza)
-79 kg: Ashur Xoliqov (kumush)
O‘zbekiston sambo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar