Ronaldo tarixdagi eng yaxshi futbolchilarni sanab o‘tdi

  • 26 fevral, 21:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldo Nazario o‘zi uchun tarixdagi eng yaxshi futbolchilar kimligini aytib o‘tdi.

Tecno

"Pele – birinchi o‘rinda, bunga hech qanday shubha yo‘q. Ikkinchi pog‘onani Messi va Maradona bo‘lishib olishadi. Keyingi o‘rinlarda esa Ziko, Romario, Krishtianu Ronaldu, van Basten, Zidan, Figu, Rivaldo, Ronaldino... Juda ko‘p buyuk futbolchilar bor. Har safar bu savolga javob berganimda, turli xil ro‘yxatlar tuzaman. Faqat birinchi uchlik o‘zgarmaydi", – dedi Ronaldo Braziliyaning ESPN nashriga bergan intervyusida.

U eng buyuk futbolchi deb atagan Pele 2022-yilning 29-dekabrida vafot etgan. U uch karra jahon chempioni bo‘lib, bu natijaga erishgan yagona futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
26/02/2025 23:17
Biz ko‘rib turganlar ichida Ranaldu zo‘ri
Ahror Nodir
26/02/2025 23:08
Криштиано Роналдо.