O‘zbekistonning guruhida vaziyat qanday?

  • 25 iyul, 2024, 13:42
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada doirasida O‘zbekiston futbol terma jamoasi Ispaniya bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz "Qizil Furiya"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Ispanlar safida Pubil hamda Gomes gol urgan bo‘lsa, vakillarimizning yagona goli Shomurodov tomonidan urildi. 

Shu tariqa, vakillarimz turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi. 

Guruhdagi ikkinchi bellashuvda Misr hamda Dominikan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Quyida kecha bo‘lib o‘tgan bellashuvlardan so‘ng guruhimizdagi vaziyat bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon
25/07/2024 18:40
Узбегим Углонлари силарда имконият бор хали