O‘zbekiston terma jamoasining BAA hamda Qatarga qarshi uchrashuvlar uchun hakamlar ma’lum bo‘ldi

  • 13 may, 15:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi iyun oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida BAA va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Tecno

BAA – O‘zbekiston uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VARda esa Aleksandr King ishlaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VARda esa Fu Ming faoliyat olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998911208400
13/05/2025 17:12
Олга Узбекистон Арабларга голлар урамиз, Дубайда биз байрам киламиз, Худо хохласа келгусида, Мундиалга бирга борамиз.