Mourino “Roma”ni kuchaytiradigan futbolchini chaqirdi

  • 26 sentabr, 2022, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” yozgi transferlar bozorida faol ishtirok etdi va asosan jamoaning hujumkorligini oshiradigan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Tecno

Endi Joze Mourino himoya chizig‘ini mustahkamlash borasida bosh qotirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis jamoasiga “Chelsi” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Trevo Chalobani olib kelmoqchi. Ayni paytda, klub sport direktori Tyagu Pinto “aristokratlar” bilan yosh himoyachi transferi bo‘yicha muzokarani boshlashga tayyorlanmoqda.

“Chelsi” tarbiyalanuvchisi yangi bosh murabbiy Grem Potter qo‘l ostida ham asosiy tarkibga kira olmayapti. U yangi mavsumda atigi bir bor maydonga tushdi. Futbolchining o‘zi ham muhitni o‘zgartirishga qarshi emas.

London klubi iste’dodli himoyachi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun yanvar oyida uni ijaraga berishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!