Martines Londonning grand klubiga o‘tmaydi!

  • 28 iyun, 14:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines "Chelsi" safiga o‘tmaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Unga ko‘ra, londonliklar argentinalik posbon bo‘yicha faol muzokara olib borayotgan jamoalar qatorida emas.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yozda "arisokratlar" umuman Martines bilan bog‘lanmagan — klub diqqatni boshqa pozitsiyalarini kuchaytirishga qaratayotgan ekan.

2024/25 yilgi mavsumda 32 yoshli Martines barcha turnirlarda 53 o‘yinda qatnashib, 61 gol o‘tkazib yubordi va 16 marta darvozasini "quruq" saqladi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million evro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!