"Lester"ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi aniq bo‘ldi

  • 9 aprel, 2023, 06:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosh murabbiysiz qolgan "Lester Siti"ga yangi ustoz tayinlanmoqda. Fabritsio Romano xabar berishicha, Jessi Marsh "tulkilar" boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. Mutaxassis bilan shaxsiy kelishuvga erishildi. Yaqin soatlar ichida ushbu ma’lumotlar rasman e’lon qilinadi. 

Tecno

"Lester" ushbu mavsumni juda yomon o‘tkazmoqda. Brendon Rojers qo‘l ostida klub Premer-ligada "xavfli zona"ga tushib ketdi. E’tiborlisi, jamoa so‘nggi bor 11-fevral kuni "Tottenxem"ni 4:1 hisobida mag‘lub qilgan. Shundan keyin katorasiga 9 ta o‘yindan beri g‘alabasiz seriya qayd etilmoqda. 

"Tulkilar"ni yozda bir qancha asosiy futbolchilar tark etishi kutilyapti. Ular orasida Meddison va Tilemans kabi o‘yinchilar mavjud. Ammo Marsh mavsumning qolgan qismini yaxshi o‘tkaza olsa, mazkur futbolchilar boshqa klublarga ko‘chib o‘tmasligi ham mumkin.

Jessiga Premer-liga begona emas. U yaqindagina "Lids"dan ketgan va ishsiz yurgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!