
Jorj Kombosos va Devin Heyni o‘rtasida mutlaq jahon chempionlik jangi o‘tkazilishi aniq bo‘ldi
Professional boksning engil vazn toifasida WBA, WBO, IBF kamarlari egasi avstraliyalik Jorj Kombosos (20-0, 10KO) va WBC chempioni Devin Heyni (27-0, 15KO) jangi bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda ESPN muhbiri Mayk Koppinjer.
Engil vazndagi barcha kamarlar tikilgan, mutlaq jahon chempionini aniqlab beruvchi ushbu bahs 5 iyun kuni Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tadi va ESPN kanali orqali translatsiya qilinadi.
Aslida Eddi Hirnga tegishli bo‘lgan Matchroom kompaniyasi mijozi husoblangan Devin Heyni bu bahs uchun ko‘plab shartlarga rozi bo‘ldi. Xususan, agarda jangda Kombosos mag‘lub bo‘lsa, revansh jangi ham Avstraliyada bo‘lib o‘tishi belgilangan. Qolaversa, Heyni Top Rank kompaniyasi va Lou DiBella bilan qo‘shma hamkorlik shartnomasi imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Jorj Kombosos kutilmaganda Teofimo Lopesni mag‘lub etib, 3 ta kamarga ega bo‘lgan edi. Heyni esa o‘zining oxirgi jangida sobiq jahon chempioni Yozef Diasdan ochkolar bo‘yicha ustun kelgan.
Fikrlar