Gvardiola A Seriyadan himoyachi olib keladi

  • 3 may, 16:08
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyaso faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Football Insider" ma’lum qildi.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli himoyachining xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola italiyalik futbolchini o‘zining o‘yin tizimiga juda mos keladi deb hisoblamoqda.

Ta’kidlanishicha, Kambyasoning transferi uchun ingliz klubi 60 million evro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan.

Himoyachi Italiya A Seriyasining joriy mavsumida Turin klubi safida 30 ta uchrashuv o‘tkazdi. Andrea ikkita gol urdi va bitta golli uzatmag mualliflik qildi. Kambyaso va "Yuventus" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!