Flik rahbariyatdan yangi himoyachi olib kelishni so‘ramoqda

  • 27 avgust, 12:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik transfer oynasi yakunlanishidan oldin jamoa tarkibini kuchaytirish niyatida. Bu haqda Jerard Romero ma’lum qilmoqda.

Manbaning xabar berishicha, Flik "Barselona" rahbariyatidan transfer oynasining so‘nggi kunlarida yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni so‘ramoqda. Biroq, klub yozda qo‘shilgan ba’zi yangi o‘yinchilarni hali ro‘yxatdan o‘tkazmagani sababli, "Barselona"ning murabbiy iltimosini bajara olishi noma’lum.

La Liganing ikki turidan so‘ng "Barselona" turnir jadvalida olti ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!