
Federer ilk bor "Australian Open"ni o‘tkazib yuboradi
"Katta dubulg‘a" turnirlarining 20 karra g‘olibi Rojer Federer "Australian Open"da ishtirok etmaydi. Bu haqida uning agenti Toni Godsik xabar berdi.
"Rojer "Australian Open-2021"da qatnashmaslikka qaror qildi. So‘nggi ikki oy ichida u tizzasidagi jarohatni tiklash va fitnes bo‘yicha sezilarli o‘sishga erishdi. Ammo jamoa bilan maslahatlashgandan so‘ng, kortga Avstraliya ochiq chempionatidan keyin qaytishni ma’qul ko‘rdi",-dedi Toni o‘z bayonotida.
Federer fevral oyida bo‘lib o‘tadigan boshqa turnirlardagi ishtirokini shu hafta muhokama qiladi va undan keyin, qolgan mavsum uchun taqvim tuzishni boshlaydi. 39 yoshli tennischi "Australian Open"ni so‘nggi bor 1998 yilda o‘tkazib yuborgan edi. Ammo o‘shanda u o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada qatnashgan.
Shundan so‘ng, u 2000 yildan beri biror marta ushbu turnirni o‘tkazib yubormagandi.
Fikrlar