Elena Ostapenko navbatdagi g‘alabasini nishonlamoqda

  • 21 oktabr, 2019, 11:38
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Lyuksemburgda o‘tkazilgan "BGL Luxembourg Open" turniri latviyalik tennischi Elena Ostapenko barcha raqiblarini engib bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
 
Elena musobaqa bosh sovrini uchun o‘tgan final bahsida germaniyalik Yuliya Gyorgesga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Shu tariqa, E.Ostapenko tashkilotchilar tomonidan 280 reyting ochkosi hamda 34,677 evro mukofot puli bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!