
"Chelsi" bosh murabbiyi ijaradagi futbolchini tezroq ortga qaytarmoqchi
“Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter Hadson-Odoini qishda orqaga qaytarmoqchi. Kallum yozda 1 mavsum ijara asosida “Bayer” klubiga o‘tgan.
Shartnomada muddatidan oldin futbolchini orqaga qaytarish bandi kiritilgan.
Murabbiy “Brayton”da ishlayotgan paytda ham vingerni o‘z jamoasida ko‘rishni hohlagan. Lekin Germaniya klubi uni ilib ketgan edi.
Ma’lumot uchun, Hadson-Odoi bu mavsum barcha chempionatlar doirasida, 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assistni amalga oshirdi.
Fikrlar