
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati. O‘zbekiston yana Qozog‘istonni ortda qoldirdi, barcha finalchilar bilan tanishing
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga etdi. Barcha yo‘nalishlarda yarim final janglari yakunlandi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining jami 35 nafar vakili finalga yo‘l oldi. Bu musobaqadagi eng yaxshi natijadir. Keyingi o‘rinlarda: Qozog‘iston 27 bokschi, Hindiston 26 bokschi, Qirg‘iziston va Iordaniyada 4 tadan, Tojikiston va Tailandda 2 tadan, Filippin va Eronda 1 nafardan vakil oltin medal uchun bahs olib boradi. Finalga yo‘l olgan barcha bokschilarimiz ro‘yhati bilan tanishing:
Yoshlar o‘rtasida
Finalga yo‘l olganlar (O‘g‘il bolalar):
-51 kg: Xo‘janazar Nortojiev
-54 kg: Abduvali Bo‘riboev
-57 kg: Baxtiyor Asadov
-63.5 kg: Javohir Ummataliev
-67 kg: Fazliddin Erkinboev
-71 kg: Alisher Ayubov
-75 kg: Rahmatullo Boymatov
-80 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
-86 kg: Jamoliddin Qozoqov
-92 kg: Aynazar Kenesbaev
Bronza medali sohiblari:
-48 kg: Miralijon Mavlonov
-60 kg: Suhrob Aminov
Finalga yo‘l olganlar (Qizlar):
-48 kg: Saidaxon Rahmonova
-50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-52 kg: Munavvar Fozilova
-54 kg: Ra’no Muratbaeva
-60 kg: Muxlisa Tohirova
-63 kg: Sitora Bahodirova
-70 kg: Aziza Zokirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboeva
+81 kg: Sahobat Husanova
Bronza medali sohiblari:
-57 kg: Ruhshona O‘ktamova
-66 kg: Feruza Alijonova
O‘smirlar o‘rtasida
Finalga yo‘l olganlar (O‘g‘il bolalar)
-48 kg: Ilhomjon Ergashev
-50 kg: Samandar Olimov
-52 kg: Sunnatilla O‘ktamaliev
-54 kg: Mironshoh Norqosimov
-57 kg: Farruh To‘laganov
-60 kg: Mirzakamron Yunusov
-63 kg: Hojiakbar Qudratov
-70 kg: Jafarbek Shahbozov
-75 kg: Temurbek Abduvohidov
-80 kg: Rahmonjon Qodirov
+ 80 kg: Ozodbek Aliev
Bronza medali sohibi:
-66 kg: Sardor Dilolov
Finalga yo‘l olganlar (Qizlar):
-48 kg: Zilolaxon Yusupova
-52 kg: Rahima Bekniyazova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-70 kg: Oysha Toirova
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova
Bronza medali sohiblari:
-50 kg: Hilolaxon Mashrabova
-63 kg: Ruhshona Shakarova
-66 kg: Farida Zaripova
-75 kg: Sanobar Bozorboeva
-80 kg: Ruhshona Parpieva
Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar o‘rtasidagi final janglari 13 mart kuni tashkil etilsa, yoshlar 14 mart kuni chempionlik uchun kurash olib boradi.
Mirzakamol Nematov Toshkentda jang o‘tkazadi, raqib ham aniq bo‘ldi
Bahrom Fozilovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi, u Toshkentda ringga ko‘tariladi
Fikrlar
Узбекистон 35,
Хиндистон 26, Козокистон 27,
Киргизстон, Иордания - 4; Точикистон, Тайланд - 2; Филипин, Эрон - 1
боксчи чикди.