Biz uchun muhim jang muddatidan oldin yakunlandi

  • 17 aprel, 2022, 09:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amerika Qo‘shma Shtatlarida "Premier Boxing Champions" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomi yakuniga etdi. Asosiy jangda yarim o‘rta vazn (66,6 kg) chempionlari Errol Spens (28-0, 22KO) va Yordenis Ugas (27-5, 12KO) WBC, IBF va WBA kamarlari uchun ringga ko‘tarildi. Jangning 10-raundida Ugasning ko‘zidagi jarohat jiddiylashgani tufayli, shifokor bahsni davom ettirishga ruhsat bermadi. Shu tariqa Spens texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi va 3 ta jahon chempionlik kamarini o‘ziniki qildi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, IBF kamariga mag‘lubiyatdan oldin Qudratillo Abduqahhorov da’vogar edi. Shuningdek, yana bir bokschimiz Shahram G‘iyosov ham 7 may kuni aynan shu vaznga ko‘targan holda jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!