
"Barselona"ning "Osasuna"ga qarshi bahs sanasi ma’lum bo‘ldi, ikki muhim futbolchi ushbu bellashuvni o‘tkazib yuboradi
"Barselona" va "Osasuna" o‘rtasidagi qoldirilgan o‘yin 27 mart kuni o‘tkaziladi.
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvning 27 mart kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Ta’kidlash joizki, kataloniyaliklarning ikki muhim futbolchisi mazkur bahsni o‘tkazib yuboradi. Rafinya Braziliya terma jamoasining Argentina, himoyachi Ronald Arauxo esa Urugvayning Boliviyaga qarshi o‘yinlari sababli "ko‘k-anorranglilar"ga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, La Liganing 27-tur uchrashuvi 8 mart kuni bo‘lishi kerak edi. Biroq, kataloniyaliklar tibbiy shtabi a’zosi Karles Minyarroning vafoti sababli bahsning boshqa sanaga ko‘chirilishi aytilgan edi.
Ma’lumot uchun, "Barselona" La Liga turnir jadvalida 27 o‘yindan keyin 60 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda. "Osasuna" esa 33 ochko bilan 14-o‘rinda turibdi.
Fikrlar